MYU afsonasi: "Manchester Yunayted" - mutlaqo o'rtamiyona jamoa"

Tolibjon Qosimov
4 noya 2024, 18:52
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Roy Kin "qizil iblislar"ning joriy mavsumdagi o'yini haqida gapirib o'tdi.

"Bu "Manchester Yunayted" - mutlaqo o'rtamiyona jamoa. Buni statistika ham tasdiqlaydi. Ularda bazan muvaffaqiyatli, bazan esa muvaffaqiyatsiz o'yinlar bor. Bu jamoa keyingi uchrashuvda qanday ko'rinishini hech qachon bilmaysiz. Bu esa yaxshi emas", - degan Kin "Sky Sports" efirida.

Eslatib o'tamiz, MYU APL 10-turida "Chelsi" bilan "Old Trafford"da bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Ayni paytda "Manchester Yunayted" 12 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com