MYU 5 ta o'yindan beri yutqazmayapti, navbatdagi raqib – "Chelsi"

Aziz Tukhtamuradov
20 okt 2022
"Manchester Yunayted" mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasini 5 taga etkazib oldi.

Erik ten Xag jamoasi APLning 12-turida "Tottenxem"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. 

"Manchester Yunayted" so'nggi marta 2 oktyabr kuni hamshaharlari "Manchester Siti"ga 3:6 hisobida yutqazib qo'yishgandi. O'shandan beri ular 4 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etishdi. 

Endi MYU navbatdagi o'yinini 22 oktyabr kuni safarda "Chelsi"ga qarshi o'tkazadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia