

Kataloniyaliklar markaziy yarim himoyachilari Frenki De Yong va Pedrining ko'p jarohat olayotgani sababli shotlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. "Napoli" o'z yetakchisini 90 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Maktomineyga "Barselona"dan tashqari "Tottenxem" va "Nyukasl" jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" yarim himoyachini 2024 yilning yozida MYUdan 21 million funtga sotib olgandi. Skott o'tgan mavsum "Napoli" safida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golga assistlik qildi. Shotlandiyalik yarim himoyachi o'tgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi futbolchi deb e'lon qilingandi.



