Mustafo Bayramov: "Bundan keyin ham yoshlarga e'tibor qaratamiz"

Narzulla Saydullayev
20 sen 2013
“Bunyodkor” – “Navbahor” (5:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi bo'lib mehmonlar ustozi Mustafo Bayramov qatnashdi.
"Biz oxirgi o'yinlarda ko'proq yoshlarga e'tibor qaratayapmiz. O'tgan turda Pavel Leus xatolar qilgani uchun bugungi o'yinda yosh bo'lsa ham Islom Jo'raevga ishonch bildirgandim. Bundan keyin ham yoshlarga e'tibor qaratishda davom etamiz. Maqsadimiz yosh, mahalliy o'yinchilarni saviyasini oshirish”, - deydi Bayramov.


Behzod Nazarov yozib oldi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia