Mustafi "Arsenal" bilan shartnomasini bekor qilmoqchi

Alisher
26 yanv 2021
"Arsenal" himoyachisi Shkodran Mustafi klub bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilmoqchi.

Futbolchining agenti "kanonirlar" bilan bu borada muzokaralar olib bormoqda.

Mustafining "Arsenal" bilan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Ammo germaniyalik o'yinchi o'yin amaliyoti kamligi sabab hoziroq London klubidan ketmoqchi.

28 yoshli futbolchi so'nggi bor 26 dekabrda maydonga tushgan va unda 1 daqiqa atrofida harakat qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Football London