

Tadbirda O'zbekiston Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, mamlakat sportida ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu loyihani qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
Tashabbus hamyurtlarimiz orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, shuningdek, futbolga bo'lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. Konferenciya davomida bo'lajak musobaqa haqida batafsil ma'lumot berildi. United MFL rahbari Nodir Po'latov barcha ishtirok etadigan jamoalarga omad tiladi.
Rejaga ko'ra, dastlabki chempionatning birinchi bosqichi 2026 yilning 1 mart kuni start olib, 14 iyuniga qadar davom etadi. Unda 16 jamoa ishtirok etadi. Maydonda futbolchilar 7x7 formatda kuch sinashishadi. Ikkita taym 20 daqiqadan. 2026 yil 6 sentyabrdan 31 oktyabrgacha United MFL kubok bahslari o'tkaziladi. Mukofot jamg'armasi 1 milliard so'm etib belgilangan.



















