United MFL. “Alfraganus” “Emperia”dan ustun keldi, “Prime XI” yirik hisobda yutqazdi

Sherzod Nurmatov
20 apr 2026, 13:50
United MFL’da navbatdagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

“D” guruhi vakillari bo'lgan ikki juftlik o'zaro to'qnash keldi. Dastlab “Alfraganus” va “Emperia” jamoalari, so'ngra esa “Prime XI” hamda “Afruz” jamoalari maydonga tushdi.

Birinchi uchrashuvda “Alfraganus” Farg'onaning “Emperia” jamoasi ustidan 7:5 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi o'yinda esa “Afruz” jamoasi “Prime XI”ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Ayni paytda “D” guruhida “Afruz” jamoasi 6 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia