"Barselona" va "Real" futbolchilari media liga klubi prezidenti bo'ladi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025
Fransiya Kings League media-futbol turniriga mezbonlik qilgan beshinchi davlatga aylandi.

Musobaqa dastlab 2022 yil Ispaniyada boshlangan. Uni "Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike va videoblogger Ibai Lyanos yaratgan. Amerika, Italiya va Braziliyada ham shunday ligalar bor.

Fransiya ligasida jamoalardan birini AmineMaTue kabi striming dunyosining taniqli va nufuzli shaxslari boshqaradi. "Barselona" himoyachisi Jyul Kunde va "Real" yarim himoyachisi Orelen Chuameni ham klublardan birining prezidentiga aylanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es