Muhiddin Abduvaliev: "Muxlislarimizni xursand qilishimiz shart"

Aslanov Jasurbek
17 sen 2016, 14:33
Bugun oliy liga 22-tur doirasida “Qo'qon-1912” jamoasi o'z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi.
Biz uchrashuvdan oldin Qo'qon jamoasi murabbiylaridan Muhiddin Abduvalievning bo'lajak  o'yin haqidagi fikrlarini so'radik.

- Bugun bizni juda qiyin uchrashuv kutib turibdi. “Metallurg” jamoasi ancha kuchli, chempionatda bir maromda o'yin namoyish qilib kelayotgan jamoa. Lekin bu bilan biz kuchsizmiz demoqchi emasman.  Biz ham sekin- asta o'z o'yinimizni topib bormoqdamiz.
Bugungi uchrashuv o'z maydonimizda bo'ladi, demak biz stadionga kelgan muxlisdarni xursand qilishimiz shart. O'ylaymanki barcha futbolchilar bu masuliyatni to'liq his qilib turibdilar.

Qolaversa turnir jadvalidagi turgan o'rinimiz  ham bizga g'alabadan boshqa natija qoniqtirmasligini ko'rsatib turibdi. Shunday ekan bugun barchamiz bir maqsad yo'lida birlashamiz va g'alaba qozona olamiz deb umid qilaman - deydi Muhiddin Abduvaliev.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia