Muhammadanas Hasanov "Lokomotiv"ga qaytdi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2024
2022 yilning mavsumning birinchi yarmini "Lokomotiv"da o'tkazgan Muhammadanas Hasanov yana "temiryo'lchilar" safiga qaytdi.

Muhammadanas "Loko" tarkibiga kelguniga qadar "Qo'qon-1912" va "So'g'diyona" tarkibida harakat qilgandi.

2022 yilning ikkinchi yarmini OKMKda boshlagan mohir yarim himoyachi bir yarim mavsum Olmaliq shahri jamoasida to'p tepdi. Ma'lumot uchun, Muhammadanas Hasanov 1996 yil 22 yanvar kuni tavallud topgan. Bo'yi - 173 sm. Har ikkala qanotda, shuningdek hujum ortida birdek harakat qila oladi.

Muhammadanas o'tgan mavsum OKMK tarkibida barcha turnirlarda 22 o'yinda maydonga tushib, 2tadan gol va assist qayd etdi. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати