Mo'ydin Mamazulumov: “Niyatim har bir o'yinda gol urish”

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2019
B PRO-liganing 12-turidan o'rin olgan "Turon" - "Rubin" (2:1) uchrashuvida mezbonlarga g'alaba keltiruvchi gol muallifi bo'lgan Mo'ydin Mamazulumovning fikrlari bilan qiziqdik.

“Birinchi davraning oxirgi o'yini bo'lganligi sababli bugungi bahs qiyin bo'lishini bilardik, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgan edik. O'z muxlislarimiz oldida g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Oxirgi o'yinlarda o'yinim chiqmayotgan edi va bu jamoam o'yinlariga ta’sir qildi. Meni qanotlarda qo'llab turuvchi futbolchilarni olib kelish bo'yicha klub rahbarlari bilan gaplashdim. Niyatim har bir o'yinda gol urish va jamoam g'alabasiga hissa qo'shish”, - deydi Mamazulumov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia