

Ana shu anjuman davomida mutaxassis - "Men kamtarman" deb aytib o'tdi. Aynan shu gapidan 5 daqiqa o'tib undan o'tgan mavsum YCHL finalida "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyat "Tottenxem"ga ta’sir qildimi degan manoda so'rashdi. "Special One" esa savolga o'z uslubida javob qaytardi:
- Men buni bilmayman. Chunki, men hech qachon Chempionlar ligasi finalida yutqazmaganman.

P.S. Joze Mourinyu 2003-2004 yilgi mavsum "Portu" bilan, 2009-2010 yilgi mavsumda esa "Inter" bilan YCHL finalida zafar quchgan.



