

31 yoshli portugaliyalik futbolchi “Manchester Siti” bilan shartnomasi yakuniga etgach, “qirollik klubi”ga o'tgandi. Portugaliyalik mutaxassis ham klubga yozda bosh murabbiy etib tayinlandi.

“Mourinyu bilan bir necha bor raqib bo'lganmiz, endi esa bir tomondamiz. U Portugaliya futboli uchun juda katta ahamiyatga ega murabbiy. Bolaligimizdan uning jamoalarini diqqat bilan kuzatib borardik, u hamisha Portugaliya nomini eng yuqori cho'qqilarga olib chiqqan. U bilan ishlash va undan o'rganish imkoniyati paydo bo'lganidan juda xursandman”, – dedi Silva.



