

Ertaga "Real Madrid" va "Benfika" Chempionlar ligasi guruh bosqichining yakuniy turida to'qnashadilar.
"Oq kiyimlilar"ning sobiq murabbiyi Joze Alvaro haqida shunday dedi:
"Dunyoning eng yaxshi klublarini tarixga ega bo'lmagan murabbiylar boshqarayotgani hayratlanarli. "Milan"dagi Allegri, "Roma"dagi Gasperini yoki "Yuventus"dagi Spalletti ajablantirmaydi"
Arbeloa bunga javoban:
"Bunday murabbiy gapirsa, men tinglayman va tahlil qilaman. Mourinyuning men uchun qanchalik muhimligini hammangiz bilasiz"
Bugun portugaliyalikdan ispaniyalik haqidagi so'zlari to'g'risida so'rashdi.
"Ular hammasi mening farzandlarim - sobiq o'yinchilarim. Arbeloa ham insoniy, ham shaxsiy jihatdan eng sevimlilarimdan biri.
Alvaro "Real"da o'ynagan eng ajoyib insonlardan biri edi. U bosimga eng kam beriladigan o'yinchi edi, unga bu begona.
Umid qilamanki, u muvaffaqiyatga erishadi va ajoyib faoliyat olib boradi. Arbeloa dunyoning istalgan jamoasiga murabbiylik qila oladi va men unga omad tilayman, faqat ertangi kundan tashqari (kuladi), undan keyin u doim g'alaba qozonishi mumkin.
Murabbiy bo'lish juda qiyin, asosan shuning uchun ham doim o'zidan ko'proq biladigan birov topiladi. Faoliyatini endi boshlayotgan Alvaro bu ishni chin dildan sevishi kerak," dedi Mourinyu.



