Mourinyoning sobiq yordamchisi nega Messining "Inter"ga o'tishi mumkinligini aytdi

Alisher
2 may 2020
Joze Mourinyoning "Inter"dagi sobiq yordamchisi Joze Moraish nega "Barselona" hujumchisi Lionel Messining Milan klubiga o'tishi mumkinligini aytdi.

Uning so'zlariga qaraganda, transfer amalga oshishi mumkin. Bu transferga "neradzurrilar" vice-prezidenti Xaver Sanetti turtki bo'lishi mumkin.

"Menimcha, ushbu transfer amalga oshishi mumkin. Klubda Sanetti ishlayapti. U argentinalik o'yinchilarni doim jamoaga jalb qila olgan inson bo'lgan. Menimcha, u Messi bilan kelisha oladi. "Inter"da o'ynagan barcha argentinaliklar ajoyib bo'lishgan. Messi ham ulardan biri bo'lishi mumkin", - deydi Moraish.


AlisherMuallif
Manba: beIN Sports