

"Jamoadagi hech bir futbolchi bilan menda muammo yo'q. Jurnalistlar yomon natijalarni ko'rishi bilan tezda ruchka, planshet va noutbuklarini oladida quyidagilarni yozadi: "Kimdir boshqasi bilan mushtlashdi", "Murabbiy futbolchi bilan gaplashmayapti".
Diego Kosta Terri bilan mushtlashdi? Ha, albatta, jangdan oldin ular bir-birini tushunish uchun xatto tarjimonni ham chaqirishgan. Diego inglizcha gapirmaydi, Jon esa ispan tilini bilmaydi. Xuddi g'arbdagiga o'xshab duelga chaqiramiz, tarjimon chaqiramiz. Siz jurnalistlar doimo haqiqatdan yiroqda ishlaysizlar va bu juda ajoyib" - deydi Mourinyo.



