Mourinyo "Terf Mur"da navbatdagi raqibini kuzatdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
31 avg 2018, 14:21
Kecha, 30 avgust kuni "Byornli" Yevropa ligasi saralash o'yinida "Olimpiakos"ni qabul qildi.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Terf Mur"dagi o'yinni stadiondan tomosha qildi.

Odatda bunday obro'li mehmonlar uchun maxsus joylar ajratiladi, ammo Mourinyo iloji boricha e'tiborni tortmaslikka harakat qildi. Shunga qaramay mutaxassisni baribir tanib qolishdi. Jajji muxlis undan dastxat olishga ham ulgurdi.

"Qizil iblislar"ning APLdagi navbatdagi raqibi "Byornli" bo'ladi. 2 sentyabr kuni MYU "Terf Mur"da ushbu klub mehmoni bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail