Mourinyo: "Roxo toza o'ynaydi, ammo agressiv harakat qiladi"

Aslanov Jasurbek
15 dek 2016, 13:38
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo himoyachi Markos Roxoning "Kristal Pelas"ga qarshi bahsdagi harakatlariga baho berdi.

"Roxo toza o'ynaydi, ammo agressiv harakat qiladi. U argentinalik, shu sababli his-tuyg'ularga boy, biroq u juda toza o'ynaydi. Hozir u o'z faoliyatidagi eng yaxshi o'yinni ko'rsatayotgan bo'lsa kerak" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian