Mourinyo "Roma" futbolchisi bilan shartnoma uzaytirilishini xohlamoqda

Оқил Абдубарноев
17 avg 2022
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo klubni yarim himoyachi Brayan Kristante bilan shartnomani uzaytirish zarurligi haqida xabardor qildi.

27 yoshli italiyalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Kristante portugaliyalik mutaxassis uchun eng muhim futbolchilardan biri hisoblanadi. U o'tgan yili atigi beshta o'yinni jarohat yoki diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yubordi.

Yakunlangan mavsumda Kristante "Roma" safida barcha turnirlar doirasida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Calciomercato