Mourinyo: "MYU hisobda orqada bo'lgan paytda nima qilishni ko'rmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
20 avg 2017
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya Premer-ligasining 2-tur uchrashuvida "Suonsi Siti" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0) haqida fikr bildirdi.

"Jamoam hisobda orqada qolishini istayman. Hozir hammasi juda yaxshi ketmoqda, ammo har doim shunday bo'lmaydi. Ertami-kechmi jamoani og'ir bahslar kutib turibdi va biz bunga tayyor bo'lishimiz kerak.

Hozircha bu sodir bo'lgani yo'q, ammo jamoa futbolchilarni hisobni o'zgartirishga urinayotganlarini ko'rmoqchiman. Muammolar bo'lganida, nima qila olishmizni ko'rishni istayman" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports