

Mahalliy hukumat shahar ko'chalaridan biriga 54 yoshli portugaliyalik murabbiyning nomini berdi. Endi ushbu ko'cha Joze Mourinyo ko'chasi deb nomlanadi.
Mendan xursandmisiz, faxrlanayapsizmi, quvonayapsizmi deb so'rasangiz albatta deb javob beraman. Barcha savollarga ijobiy javob beraman.
Ammo men Setubalga kelib oddiy fuqaro bo'lishni istayman. Bu yerda Setubalni sevganim uchun kelaman. Bu yerda onam bor, ushbu shaharda o'zimni otamga yaqinroq his qilaman.
Faqat Setubalda o'zimni erkin his qilaman, – deydi murabbiy.






