Mourinyo - Kloppga: "Puling ko'p bo'lsa, bankka qo'ymasdan, to'g'ri ishlatishni o'rgan"

Mirjalol Normatov
27 iyul 2018, 12:04
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Liverpul"dagi hamkasbi Yurgen Kloppga javob berdi.

Oldinroq "Liverpul" bosh murabbiyi Pol Pogbaning transferiga sarflangan mablag' va transferlar oynasidagi narx borasida fikr bildirgandi.

"Agarda senda pul ko'p bo'lsa, buni bankka qo'ymasdan, aql bilan sarflashni ham bilish kerak. Chunki pulning qadri ortmoqda. Muhimi muxlislar o'sha sarflangan pullar uchun kelgan futbolchining (Pogba haqida gap ketmoqda) harakatlaridan mamnun.

Fikrning o'zgarishi - ishlar anchagina tartibga kelganini bildiradi. Balki shuncha mablag' sarflaganidan keyin "Liverpul" ham chempion bo'lar. Biroq APLda ko'p mablag' ishlatgan emas, eng kuchli jamoa g'olib bo'ladi", - dedi Mourinyo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports