Moskvaning "Lokomotiv"i futbolchisining o'limi sababi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
4 dek 2018
Moskvaning "Lokomotiv" klubi futbolchisi Aleksey Lomakinning o'limi taxminiy sababi ma'lum bo'ldi.

Rossiya matbuoti xabariga ko'ra, policiya bu borada tibbiy ekspertiza o'tkazgan. Yakuniy hulosa uning muzlab vafot etganini tasdiqladi.

Lomakin 30 noyabr kunida yo'qolib qolgandi. 2 dekabr kuni esa uni daryoning qirg'og'idan topishdi. O'limidan oldin futbolchi spirtli ichimliklarni va giyohvand moddalarni istemol qilgan bo'lishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.com