Moskvaning "Lokomotiv"i futbolchisi o'lik holda topildi

Mirjalol Normatov
3 dek 2018
Moskvaning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Aleksey Lomakin yo'qolib qolganidan 2 kun o'tib o'lik holda topildi.

"Klub rahbariyati yarim himoyachi Aleksey Lomakinning vafot etganini tasdiqlaydi. Buning sababi aniqlanmoqda. Biz bu holatdan shokdamiz", - dedi klub matbuot xizmati.

OAVga ko'ra, 18 yoshli bolakay Moskvaning Borisov ko'chasida topilgan. Uning tanasida kaltaklash izlari yo'q.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.com