Moskvaning Lokomotiv klubi BAAda Paxtakor va Bunyodkor bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2016
Moskvaning Lokomotiv klubi futbolchilari tatilni yakunlashdi.

11-24 yanvar kunlari Lokomotiv BAAda ilk qishki yig'inni o'tkazadi. Bu yig'in doirasida moskvaliklar ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. 17 yanvarda Paxtakor (O'zbekiston), 23 yanvarda Bunyodkor (O'zbekiston) klublariga qarshi bahs bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Moskva klubi safida o'zbekistonlik Vitaliy Denisov to'p tepadi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fclm.ru