Moratti: “Bu hammaning orzusi, ammo u “Barsa”ni tark etmaydi”

“Inter”ning sobiq prezidenti Massimo Moratti “Barselona” forvardi Lionel Messining milanliklar safiga transfer ehtimoli haqida gapirdi.

“Bu hammaning orzusi. Hatto hozir ham u dunyoning eng yaxshi futbolchisi, ammo Messi “Barselona”ni tark etmaydi”, deya Morattaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia nashri Gr Parlamento radiosiga tayanib.


Manba: Football Italia