Montella hakamlarni tanqid qildi

Mirjalol Normatov
25 avg 2019, 13:57
A Seriyaning 1-turi doirasida "Napoli"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Fiorentina" bosh murabbiyi Vinchenco Montella hakamlarni tanqid qildi

"Futbolchilardan, muxlislardan minnatdorman. Afsus... Bunday natijalarni ko'p bora muhokama qilsa bo'ladi. Penalti? U simulyaciya qilganini barcha ko'rdi. Nima uchun 5 kishi buning takrorini ko'rishmadi?

O'z futbolchilarim bilan faxrlanaman. Xatolar har doim bo'ladi. Biroq nima uchun VAR tizimi ishlatilmayapti? Hayronman", - dedi Montella.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Italia