"Monako" Oreni Fransiya chempionatiga qaytarishi mumkin

Alisher
2 iyul 2020
"Monako" rahbariyati "Tottenxem" bilan himoyachi Serj Ore borasida muzokaralarni boshlamoqchi.

Xabarlarga ko'ra, "Monako" "shporlar" tarkibidagi barqaror o'yinlariga qaramasdan, futbolchini Fransiya chempionatiga qaytarmoqchi.

Oldinroq, Ore "Yuventus" bilan himoyachi Aleks Sandroning almashinuv bitimida ishtirok etishi mumkinligi aytilgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports