Modrich va Chorluka Evro-2016 boshlanishigacha tuzalishadi
Narzulla Saydullayev
7 iyun 2016
Luka Modrich va Vedran Chorluka Evro-2016 1-turidan o'rin olgan Turkiyaga qarshi o'yinga tayyor bo'lishadi.
Bu haqda Xorvatiya terma jamoasi shifokorlari ma'lum qilishdi.
Modrich va Chorluka mushaklaridagi kichik og'riqlar haqida gapirishdi. Ammo ular Turkiyaga qarshi o'yinda ishtirok eta olishadi, - deydi Xorvatiya terma jamoasi shifokori Marca nashriga.