Modrich "Sherif" bosh murabbiyiga futbolkasini sovg'a qildi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2021
"Sherif" bosh murabbiyi Yuriy Vernidub Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvidan so'ng "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichning futbolkasini oldi.

Vernidubning aytishicha, u "Real"ning zaxira darvozaboni Andrey Lunin tufayli Modrich formasini olgan. Murabbiy "Zarya"da birga ishlayotganda futbolchi bilan yo'llari kesishgan. Murabbiy bu esdalik sovg'ani nabirasiga berishini qo'shimcha qildi. Nabirasi mutaxassisda CHL qur'asidan so'ng aynan Modrichning libosini olib berishini so'ragan.

Eslatib o'tamiz, ikki turdan so'ng "Sherif" o'z guruhida olti ochkoga ega bo'lgan holda peshqadamlik qilmoqda. "Real Madrid" 3 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni bittadan ochkoga ega bo'lgan "Inter" va "Shaxtyor" baham ko'rmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fc-sheriff.com