MLSning yangi jamoasi "Sent-Luis Siti" "Borussiya" darvozaboni bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
15 mar 2022
"Sent-Luis Siti" Dortmundning "Borussiya" jamoasi darvozaboni Roman Byurki bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazdi.

Bitim yakunlanishga yaqin. 31 yoshli shveycar shuningdek "Bavariya", "Aston Villa", "Galatasaroy", "Valensiya" va Italiya klublari bilan muzokaralar o'tkazdi, ammo uning o'zi AQSHga yo'l olmoqchi

Byurkining dortmundliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum maydonga tushmadi, sababi ayni damda klubda uchinchi darvozabon hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, "Sent-Luis Siti" 2023 yildan MLSda o'z ishtirokini boshlaydi. 2020 yilning 13 avgustida klub rangi va logotipi namoyish etildi.


AlisherMuallif
Manba: Transfermarkt