MLSning mavsum termasi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
28 noya 2023
"Inter Mayami" futbolchisi Leo Messi MLSning mavsum ramziy termasidan o'rin olmadi.

Bugun MLS matbuot xizmati liganing ushbu mavsumdagi ramziy termasini taqdim qildi. Undan "Oltin to'p"ning amaldagi sohibi Leo Messi o'rin olmadi.

Darvozabon: Roman Byurki ("Sent-Luis Siti");

Himoyachilar: Mett Myazga ("Cincinnati"), Tim Parker ("Sent-Luis Siti"), Uoker Cimmerman ("Neshvill");

Yarim himoyachilar: Lusiano Akosta ("Cincinnati"), Tyago Almada ("Atlanta"), Ektor Errera ("Xyuston Dinamo"), Xani Muxtar ("Neshvill"), Deni Buanga ("Los-Andjeles");

Hujumchilar: Georgios Yakumakis ("Atlanta"), Kucho Ernandes ("Kolambus Kryu").

Messi "Inter Mayami"ga 2023 yilning yozida borib qo'shildi va 6 o'yinda 1 gol urib, 2ta assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia