Misr olimpiya terma jamoasi a'zolari yurtimizga yetib kelishdi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2019
Xabaringiz bor, joriy yilning 9 va 11 iyun kunlari O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zolari misrlik tengdoshlariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishadi.

Mazkur o'rtoqlik o'yinlari Andijon va Namangan shaharlarida bo'lib o'tadi. Ana shu o'yinlarda ishtirok etish uchun Misr olimpiya terma jamoasi a'zolari 6 iyun kuni poytaxtimizga yetib kelishdi.

Ular poytaxtimizdagi "Ramada" mehmonxonasiga joylashishdi. Misrlik futbolchilar bugun Toshkentda mashg'ulot o'tkazishadi. 8 iyun kuni erta tongda Andijon sari yo'l olishadi. O'zbekiston OTJ va Misr OTJ o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik o'yini 9 iyun kuni Andijondagi "Sog'lom avlod" o'yingohida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz