Misr FF vakillari Salohni cho'chqaga tenglashtirdi va uni qo'rqitdi

Mirjalol Normatov
29 avg 2018
Misr futbol federatsiyasi direktorlar kengashi vakili Holid Latif "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh va uning onasini qo'rqitdi.

Oldinroq forvard va Misr mamlakatining amaldorlari o'rtasida munozaralar yuzaga kelayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. Saloh milliy termaning mundialdagi omadsiz ishtirokida federatsiya aybdor deb hisoblagandi.

Bunga javoban Misr FF vakili Latif Salohni qo'rqitdi. Hujumchi Angliyada o'ynayotgan bo'lsa-da, onasi Misrda yashamoqda.

"Muhammad Salohga onasi Misrda yashayotganini eslatib o'tmoqchiman. Sening o'zing mamlakatning tashqarisida istagan ishingni qilishng mumkin. Ammo onang haqida ham o'yla", - deb yozdi Latif o'z tvitterida.

Bungacha Misr FFning yana bir vakili Salohni cho'chqagan tenglashtirgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Al Jazeera News