

Murabbiyning aytishicha "Bunyodkor" klubi vakillari Lutfulla To'raev va Jasur Hasanovga Toshkentning "Lokomotiv" klubi qiziqish bildirgan.
"Bu futbolchilarga yozda "Lokomotiv" qiziqish bildirgandi, ammo o'sha paytda ularning klubimiz bilan shartnomalari bor edi. Hasanov ham, To'raev ham 31 dekabr kuni shartnomalari yakuniga etadi. Agarda boshqa klubga o'tish niyatlari bo'lsa biz bunga qarshilik qilmaymiz. Barcha gap futbolchilarning o'zida qoladi", - deydi Qosimov.



