Mirzakamol Kamolov: “Gess bilan ishlash qiziqarli tuyulmoqda”

Iqtidorli futbolchi Mirzakamol Kamolov ham bir qator jamoadoshlari singari “Neftchi”ni rasman tark etdi.

Chunki uning klub bilan tuzgan bitimi o'z kuchini yo'qotdi va futbolchi kelgusi faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradigan ko'rinadi.


Bu haqda Kamolovning o'zi shunday dedi: - Farg'onaliklar bilan o'rtadagi shartnomam tugadi. Shuning uchun “Neftchi”ni tark etdim desam ham bo'laveradi. To'g'ri, jamoa rahbariyati kelishuvni uzaytirish taklifi bilan chiqdi, ammo oldimda bir nechta variantlar turibdi. Shoshilmasdan, ularni o'rganib chiqyapman.

- Edgar Gess “Buxoro” klubda boshqaruvni o'z qo'liga olganidan keyin, meni ham yangi jamoasiga taklif etdi. Ochig'i, bu mutaxassis bilan ishlash qiziqarli tuyulmoqda. Shuning uchun keyingi taqdirimni buxoroliklar bilan bog'lash extimoli yuqori.

- Adashmasam, bu jamoa 25 dekabrda yig'iladi va mashg'ulotlarga kirishadi. Nasib qilsa men ham ushbu yig'inga borishim mumkin.

- Hech bir jamoa bilan hozircha shartnoma tuzmaganim bois, aniq bir klubda o'ynayman deb aytishim qiyin. Hammasi yanvar oyida aniq bo'ladi.

Manba: championat.asia