Mirjalol Qosimov: "Neftchi"ning o'yini menga APL jamoalarining o'yinini eslatib yubordi"

Narzulla Saydullayev
17 mar 2018
“Neftchi” – “Bunyodkor” (0:1) bahsidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ilk qismida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va himoyachi Rustam Ashurmatov ishtirok etishdi.

-  Birinchi o'rinda kirib kelayotgan “Navro'z” bayrami bilan barchani tabriklayman. Bahs shiddatli va kurashlarga boy o'tdi. Vodiyda o'ynash doim qiyin kechgan. Chunki “Neftchi” o'z muxlislari qarshisida to'p surib, faqat g'alaba uchun intiladi. Baland pavroz gaplar emasku, lekin “Neftchi”ning o'yini menga APL jamoalarining o'yinini eslatib yubordi. Oxirigacha raqobat, uzun uzatmalar, muxlislarni xursand qilish uchun harakat va kurashuvchalik bor. Og'ir o'yin bo'ldi. Shogirdlarimga rahmat. Chiroyli futbol evaziga muhim g'alabaga erishdik, - deydi Qosimov. 



Rustam Ashurmatov: O'yin juda qiyin kechdi. Avvaldan bahs shunday ruhda kechishini sezgandik. Himoyada ham hujumda ham murabbiylarning ko'rsatmalariga binonan harakat qildik. “Neftchi” jamoasiga esa keyingi o'yinlarga omad tilayman.

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz