Mirjalol Qosimov - AGMK boshqaruvidagi yubiley 100-o'yinida 50-g'alabani tantana qildi
Narzulla Saydullayev
22 okt 2021, 09:49
Kechagi "Metallurg"ga qarshi o'yin AGMKning Mirjalol Qosimov boshchiligidagi 100-o'yini sifatida qayd etildi.
AGMK Mirjalol Qosimov qo'l ostida barcha musobaqalarda 100 o'yin o'tkazib, 50 g'alaba, 21 durang va 29 mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati: 154-129.
Bundan tashqari, Qosimov AGMK ustozi sifatida kecha ilk bor Bekobodda g'alabaga erishdi.