Milliy terma jamoa lageridan daraklar: Masharipov, O'runov va Fayzullaev bugungi mashg'ulotlarda qatnashmadi

Sherzod Nurmatov
11 okt 2024
O'zbekiston terma jamoasi bugun "Jar" stadionida mashg'ulot olib bordi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Jaloliddin Mashripov ko'rinish berdi, ammo jarayonda ishtirok etmadi. Shuningdek, Abbos Fayzullaev va Oston O'runov ham mashg'ulotlarda qatnashmadi. Ular tiklanish mashqlarini ertaga o'tkazishlari kutilmoqda.

 Ma'lumotlarga ko'ra, bugun "Jar"da yig'ilgan futbolchilarning 5-6 nafari engil mashg'ulotlarda qatnashgan va mehmonxonaga ertaroq qaytgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi doirasidagi 4-tur uchrashuvini Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 15 oktyabr kuni 19:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia