"Milan" - "Yuventus" o'yini o'tkazilmasligi mumkin

Alisher
6 yanv 2021, 07:48
Turin sog'liqni saqlash tashkiloti rejalarga halaqit berishi mumkin.

Agar "Yuventus"da koronavirus bilan kasallanganlar soni oshsa, klubga Milandagi o'yinga borish taqiqlanishi mumkin.

Oldinroq, himoyachi Aleks Sandro va yarim himoyachi Xuan Kuadrado COVID-19'ga musbat test topshirishgandi.

Agar vaziyat yomonlashsa, "keksa sinora"ning barcha o'yinchilari izolyaciya qilinadi, klub esa Milanga borish uchun taqiq oladi. Bu haqda Turin sog'liqni saqlash tashkiloti direktori Roberto Testi aytib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, "Milan" - "Yuventus" o'yini bugun bo'lib o'tishi kerak.


AlisherMuallif
Manba: Corriere di Torino