"Milan" va "Inter" PSJ yarim himoyachisi uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2017
PSJ yarim himoyachisi Xaver Pastore ikki Italiya klubi qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.

Argentinalik xizmatlariga "Milan" va "Inter" qiziqib qolgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, 27 yoshli futbolchi PSJni tark etmoqchi. Parijliklar ustozi Unai Emeri yarim himoyachini ushlab qolmoqchi emas, biroq Parij klubi rahbariyati Pastorening ketishiga qarshi. Klubdagilarning fikricha, bu boshqa futbolchilar uchun yomon ta’sir qilishi mumkin.

PSJga klub prezidenti Nosir Al-Helayfi kelganidan so'ng, jamoa birinchilardan bo'lib Xaver Pastoreni sotib olgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe