"Milan" va "Al Hilol" qiziqayotgan Nunes mavsumoldi o'yinlarida 5 ta gol urdi, u o'tgan mavsum APLda shunday natija qayd etgan edi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2025
"Liverpul"ning urugvaylik hujumchisi Darvin Nunes mavsumoldi o'yinlarda 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bugun Angliya klubi hujumchisi "Atletik"ka qarshi o'rtoqlik o'yinida gol urdi (4:1, ikkinchi taymda). Avvalroq urugvaylik "Stok Siti"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etgan (5:0) va "Preston" bilan o'yinda bitta gol urgandi (3:1).

Darvin Nunes Angliya Premer-ligasining 2024/25 yilgi to'liq mavsumida ham o'z hisobiga 5 ta gol yozib qo'ygan edi.

Xabarlarga ko'ra, 26 yoshli hujumchiga "Milan" va "Al Hilol" qiziqish bildirmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru