"Milan" Sportelloni sobiq jamoasiga qaytarib yubordi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2025
"Atalanta" matbuot xizmati Marko Sportelloning jamoaga qaytganini ma'lum qildi.

33 yoshli darvozabon ikki mavsum davomida "Milan"da o'ynadi. U erga aynan "Atalanta"dan erkin agent sifatida ko'chib o'tgandi.

Sportello - "Atalanta" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2012-2023 yillar davomida klubda bo'lgan va uch marta ijara asosida boshqa jamoalarda ham o'ynagan.

O'tgan mavsum u "Milan"da faqatgina 3 o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol o'tkazib yuborib, bitta bahsda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: atalanta.it