"Milan" sobiq futbolchisi Saudiya Arabistoni klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2024
Yarim himoyachi Jakomo Bonaventura erkin agent sifatida "Al Shabab" safiga qo'shildi.

34 yoshli italiyalik Saudiya Arabistoni klubi bilan 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi va uni yana bir mavsumga uzaytirish mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Bonaventurening "Al Shabab"dagi maoshi yiliga 4 mln evroni tashkil qiladi.

So'nggi 4 yil davomida futbolchi "Fiorentina"da o'ynadi, shuningdek, u "Milan" va "Atalanta"dagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alshabab-sc.sa