"Milan" sobiq futbolchisi BAA klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2023
Aleksandr Merkel "Xatta" futbolchisiga aylandi.

Qozog'iston terma jamoasining 31 yoshli sobiq yarim himoyachisi BAA klubi bilan 2024 yilning 31 mayigacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

Merkelning so'nggi klubi Turkiyaning "Gaziantep" jamoasi bo'lib, u ushbu jamoani may oyida erkin agent sifatida tark etgan.

Bungacha yarim himoyachi Saudiya Arabistonining "Al Faysali", "Herakles", "Boxum", "Udineze", "Jenoa", "Milan" va "Uotford" klublarida ham to'p tepgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: hattafc.com