

Mutaxassislarda endilikda "kanonirlar" sovrin uchun jiddiy kurash olib borishiga shubha yo'q, ammo bu poygada ular yolg'iz emas.
Angliya futboli afsonasi Alan Shirerning fikricha, "Arsenal"ni to'xtatishga qodir yagona jamoa - amaldagi chempion PSJ.

"Bugun bu jamoa, yani "Arsenal" finalgacha yetib borish uchun juda yaxshi imkoniyatlarga ega ekaniga shubha yo'q. Ammo PSJ o'tgan yili nimalarga erishgani va ular safidagi futbolchilarni hisobga olsak, men baribir biroz ustunlikni PSJga bergan bo'lardim. Lekin "Arsenal' ularga juda yaqin, balki finalga chiqar.
Menimcha, "Arsenal"dagi ishonchga qarab, shuningdek, tarkibdagi rotaciyani inobatga olsak, u zaxira futbolchilarni ham maydonga tushira oladi va jamoa baribir juda kuchli ko'rinadi, safarda ham g'alaba qozonishga qodir. Bu albatta hal qiluvchi pallalarda ularga yordam beradi. Shunday ekan, PSJ va "Arsenal" asosiy favoritlardir", – dedi Shirer.
Aytish joizki, "Arsenal" Chempionlar Ligasining asosiy bosqichidagi so'nggi o'yinini Olmaotaning "Qayrat" jamoasiga qarshi o'tkazadi.



