"Milan" Ibragimovichning o'rniga hujumchi topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
4 iyun 2023
"Milan"dagilar Marko Arnautovich jamoada Zlatan Ibragimovichning o'rnini bosa oladi deb hisoblashmoqda.

41 yoshli shved ushbu mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida jamoadan ketishi ma'lum qilindi. Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, "rossoneri" uning o'rniga nomzod sifatida "Bolonya" hujumchisi Marko Arnautovichni ko'rmoqda. "Milan" vakillari allaqachon futbolchi bilan bog'langan va muzokaralarni boshlab yuborgan.

Ushbu mavsumda futbolchi A Seriyaning 20 o'yinida 9 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano