

"Rossoneri" butun yoz davomida 24 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirishga harakat qildi, biroq hozirgacha kelishuvga erishilmadi. Shu tufayli APL jamoalari uning atrofida aylanib qolgan ko'rinadi, deyiladi manbaning xabarida.
Yanvar oyida o'yinchining "San Siro"dagi so'nggi 18 oylik bitim muddati boshlanadi.
Fransiya va Jazoir fuqaroligiga ega bo'lgan Bennaser ushbu mavsum "Milan" tarkibida barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishning uddasidan chiqdi.



