"Milan" Belotti uchun 45 mln evro va ikki nafar futbolchisini taklif qildi

Tolibjon Qosimov
15 iyul 2017
"Milan" klubi "Chelsi" va PSJ ham qiziqayotgan "Torino" hujumchisi Andrea Belottini sotib olmoqchi.

Xabar qilinishicha, 23 yoshli hujumchi Obameyang va Kalinichdan ko'ra muhimroq nishon sifatida ko'rilmoqda.

"Rossonerlar" Belotti uchun 45 million evro, shuningdek himoyachi Gabriel Palettu va forvard M'Baye Nyanglarni taklif qildi. Bundan tashqari, summa 65 milliongacha oshirilishi ham mumkin. "Torino" esa 80 mln + Paletta va Nyangni so'ramoqda.
 Belottining o'zi "San Siro"ga ko'chib o'tishga qarshi emas.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sport Italia