"Milan" "Arsenal" hujumchisini yozdagi asosiy maqsadi sifatida ko'rmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
22 may 2023
"Milan" yozda Fransiyaning "Reyms" klubida ijarada to'p tepayotgan "Arsenal" forvardi Folarin Balogunni sotib olmoqchi.

Xabar qilinishicha, "rossoneri" yozdagi asosiy maqsadi sifatida aynan angliyalik forvardni ko'rmoqda. Yaqinda AQSH termasi sharafini himoya qilishga qaror qilgan hujumchi xizmatlariga "Leyptsig" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Londonliklar futbolchisi uchun 30 mln evro so'ramoqda va aynan shu faktor italiyaliklarning yo'lini to'sishi mumkin.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport